"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUK va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasidagi hamkorlik

So‘nggi yillarda ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida muhim ahamiyat kasb etadi. 

“EMMM” DUK korxonasiga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti  hamda uning filiallari talabalarini jalb etish va biriktirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilangan. Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi ta’lim, fan va ishlab chiqarish  integratsiyasini samarali ta’minlash va  korxonamiz uchun malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir.

Xususan, suhbat asosida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining saralab olingan iqtidorli talabalarini Qashqadaryo viloyati EMMXga jalb etish va biriktirish bo‘yicha o‘quv dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur o‘quv dasturiga asosan talabalar bilan haftada 2 marotaba o‘quv mashg‘ulotlari olib borish belgilangan. O‘quv mashg‘ulotlari Qashqadaryo viloyati EMMXning malakali xodimlari tomonidan o‘tkazilmoqda.  Talabalarning bilimlari suhbat va test sinovlari orqali baholanib borilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari korxonamiz faoliyati va vazifalaridan kelib chiqqan holda tashkil etilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, amalga oshiralayotgan bu kabi hamkorliklar kelajakda sohamiz uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ulkan hissa qo‘shadi. 

 

Tayyorladi: Qashqadaryo viloyati EMMX 1-darajali radiooperatori  S.V. To‘rayev

Faylni tanlang