Markaziy apparat

Kerimov Shuhrat Tursunovich

Kerimov Shuhrat Tursunovich

Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa bo‘limi

Bo'lim boshlig'i


Majburiyatlari

Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa bo‘limining asosoiy vazifalari:

Radiochastota spektridan foydalanish va turg‘un va yo‘ldoshli REV EMM ta’mini sohasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlariga rioya qilish.
Radiochastotali spektridan foydalanish, turg‘un va yo‘ldoshli REV elektromagnit moslashuvini ta’minlash bo‘yicha EMMM texnik siyosatini olib borish;
Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa REV ga bog‘liq bo‘lgan telekommunikasiya sohasidagi yangi texnologiyalarni o‘rganish va ularni korxona ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish;
Radiochastota spektri (RChS) dan foydalanishdagi huquqiy bazani yaratishda ishtirok etish;
REV turg‘un va yo‘ldoshli aloqa radiochastota o‘zlashtirishlarining hisobotini tashkil qilish va olib borish;
Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa radiochastota spektridan foydalanishni rejalashtirishda ishtirok etish;
Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa REV hisobotini olib borish va radiochastotalarni taqsimlash masalalari bo‘yicha, tuzilmaviy bo‘lim xizmatlari faoliyatining koordinasiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi diplomatik va konsul vakolatxonalarining turg‘un va yo‘ldoshli aloqa radio vositalarining hisoboti, registrasiyasi va qayta registrasiyasini olib borish;
Turg‘un va yo‘ldoshli aloqalari RChS va REV dan foydalanish sohasida EMMM boshqa tuzilmaviy bo‘limlari bilan hamkorligi;
Raqamli texnologiyalar vazirligi farmoyishlari va RChRK Nizomlari asosida normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
RChRK tomonidan ajratilgan radiochastotali chiziqlarida turg‘un va yo‘ldoshli aloqa REV uchun radiochastotalardan foydalanish, ularni belgilash va hisobotini olib borish ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish;
Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa radioelektron vositalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish va o‘rnatish, loyihalashtirish va qurish, ulardan foydalanish va chet eldan olib kirish uchun ruxsatnomalar berish; Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa Rev radiochastotali spektridan foydalanish imkoniyatlarini va shartlarini aniqlash maqsadida, O‘zbekiston Respubllikasi turli yuridik va jismoniy shaxslar arizalari bo‘yicha, ekspertizalarni amalga oshirib, natijalarni tayyorlash.


Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa bo‘limining funksiyalari:
Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa REV lari uchun chastotalarni taqsimlash tartibining reglamentini olib boruvchi direktiv hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa REV larni olib kirish, o‘rnatish (sotib olish), qurish va ulardan foydalanish huquqi bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqib, ruxsatnomalar taqdim etadi.
RChS dan foydalanish tahlilini bajaradi va REV EMM ga arizalar hisobotini olib boradi.
Radiochastotalar egalarining mavjud bo‘lgan va kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlarining tadqiqotini olib boradi.
Boshqa radiochastotalar organlari bilan o‘zlashtirilgan taklif etilgan chastotalar koordinasiyasini amalga oshiradi.
Markazga yo‘naltirilgan, qaysi idoraga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar (fuqarolarga yo‘naltirilgan) respublika hududlari bo‘ylab, hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyati markazlashmagan turg‘un va yo‘ldoshli aloqa REV larini ro‘yhatdan o‘tkazish va ro‘yhatdan qayta o‘tkazish hisobotlarini olib boradi.
O‘zining vakolatlari doirasida, viloyat tuzilmaviy bo‘limlarining faoliyati nazoratini olib boradi.
Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa REV EMM masalalari bo‘yicha texnik o‘quvni tashkil qiladi va amalga oshiradi.
Viloyat tuzilmaviy bo‘limlarning hisoboti formalarini, ruxsatnoma va so‘rovnomalar blanklarini ishlab chiqishda ishtirok etadi. Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa REV va EMM ta’mini bo‘yicha konsultativ xizmatlarini amalga oshiradi.
O‘z faoliyati masalalari bo‘yicha, viloyat tuzilmaviy bo‘limlarga kerakli darajada yordam ko‘rsatadi.
Viloyat tuzilmaviy bo‘limlar hisobot ma’lumotlarini oladi, ularning hisob va turg‘un va yo‘ldoshli aloqa REV EMM faoliyatidagi masalalari bo‘yicha tahlilini olib boradi va uni EMMM boshqaruviga taqdim etadi.
Belgilangan tartibdagi chastotalar va maydonchalar (joylashtirish o‘rinlari)ni respublikadagi boshqa radiochastotali organlari bilan muvofiqlashtiradi.
Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa radiospektrning bandligi, hamda alohida tarmoq va radiostansiyalar to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘adi.
Lisenziyalashga tegishli bo‘lgan turg‘un va yo‘ldoshli aloqa radiochastotalar xizmatidan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risidagi texnik natijlarni Raqamli texnologiyalar vazirligiga tayyorlab beradi.
Vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning turg‘un va yo‘ldoshli aloqa chastotalarni taqsimlash bo‘yicha arizalarning texnik ekspertizasini amalga oshiradi va ulardan foydalanish bo‘yicha shartlarni ishlab chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi TIV ning diplomatik va konsul vakolatxonalarning va ularga tenglashtirilganlar uchun chastotalarni taqsimlash bo‘yicha arizalarning texnik ekspertizasini amalga oshiradi. Ularning registrasiyasini o‘tkazadi.
O‘z vakolatlari doirasida, RChRK bilan hamkorlikda ish yuritadi. Chegaradosh mamlakatlarning aloqa ma’muriyati bilan turg‘un va yo‘ldoshli aloqa radiochastotalar o‘zlashtirishlari bo‘yicha arz qilingan, xalqaro koordinasiya (moslashuvi)ni o‘tkazish zarurligini aniqlaydi.

Rahbariyat tomonidan audit yoki tahlil o‘tkazilish paytida, aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf qiladi (to‘g‘irlash ishlarini olib boradi).

 

Faylni tanlang