Markaziy apparat

Nishanov Uygun Utkirovich

Nishanov Uygun Utkirovich

Harakatdagi radioaloqa bo‘limi

Bo'lim boshlig'i


Majburiyatlari

Bo'limning asosiy vazifalari va funksiyalari:

 

Harakatdagi radioaloqa bo‘limi (keying o‘rinlarda-HRAB) o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, me’yoriy aktlari, RChRKning qarorlari, boshqa nizomlar, shuningdek, “EMMM” DUKning ISO 9001 xalqaro standarti asosida ishlab chiqilgan sifat menejmenti tizimi talablari, bo‘lim faoliyatiga oid hujjatlar asosida ish olib boradi.

Ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda HRAB  talabnomalarni ko‘rib chiqib, harakatdagi radioaloqa (fuqaro) radioelektron vositalariga (REV) sotib olish va o‘rnatish yoki qurish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish uchun ruxsatnoma beradi.

HRAB quyidagi vazifalarni bajaradi:

- Harakatdagi radioaloqadagi REVning radiochastota spektridan foydalanish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini aniqlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasining turli yuridik va jismoniy shaxslarining talablariga binoan ekspertiza va xulosalar tayyorlash.

- XEI va ASMH doirasida o‘tkaziladigan tadqiqot komissiya ishlari, seminarlar, konferensiyalarda zarur bo‘lgan hollarda qatnashish, shuningdek, radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashish.

- RChRK tomonidan ajratilgan radiochastota diapazonlarda harakatdagi radioaloqa REV uchun radiochastotalardan foydalanishni rejalashtirish, tayinlash va hisobga olishni rejalashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish.

- O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish) va o‘rnatish, qurish, ekspluatatsiya qilish va xorijdan radioelektron vositalarini olib kirish uchun ruxsatnomalar berish.

- Harakatdagi radioaloqa REViga radiochastota nominallarini tayinlash hisobini tashkil etish va yuritish.

- Telekommunikatsiya sohasida harakatdagi radioaloqa REViga bog‘liq yangi texnologiyalar va aloqa standartlarini o‘rganish hamda ularni korxonaning ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish.

- O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik va konsullik vakolatxonalarining harakatdagi radioaloqa REVni hisobga olish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish.

- HRA bo‘limini hududiy EMM xizmatlari, tarkibiy bo‘linmalari va boshqa radiochastota organlari bilan o‘zaro faoliyatini tashkil etish.

- O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining, “EMMM” DUKning buyruqlari, farmoyishlari va RChRKning qarorlariga muvofiq me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.

- O‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish va unga yo‘l qo‘ymaslik.

Harakatdagi radioaloqa bo‘limi quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi:

- Radiospektiridan foydalanuvchilarining (jismoniy va yuridik shaxslar) arizalarini ko‘rib chiqish va fuqarolik maqsadidagi radioelektron vositalarni quyida keltirilgan ishlovchi diapazonlariga qarab, REVlarga sotib olish va o‘rnatish yoki qurish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsatnomalar rasmiylashtiradi:

- 3-30 MHz (O‘zbekiston Respublikasi barcha hududlarida) diapazonidagi QT radiostansiyalarga;

- 33.0-48.5 MHz, 57.025-57.500 MHz (Toshkent shahri va Toshkent viloyati);

- 150-174 MHz, 300-344 MHz, 390-470 MHz (O‘zbekiston Respublikasi barcha hududlarida) diapazonidagi UQT;

- 450; 700; 800; 900; 1800; 2100; 2600; 3500-3800 MHz  (O‘zbekiston Respublikasi barcha hududlarida) diapazonidagi mobil aloqa.

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarorining 4-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan ekspert xulosa beradi;

- Radioqabul xalaqitlar haqidagi arizalarni ko‘rib chiqishga yordam beradi;

- Si-Bi diapazonidagi (26.965 – 27.860 MHz) radiostansiyalardan foydalanishga xulosalar chiqaradi;
- Elektromagnit moslashuv markazida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vositalarga xulosalar chiqaradi;

- Elektromagnit moslashuvini ta’minlash bo‘yicha, harakatdagi radioaloqa xizmati REVlarda radiochastotalardan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risidagi texnik xulosalar chiqarish bo‘yicha maslahatlar beradi;

- Diplomatik va konsul vakolatxonalardan (O‘zbekiston Respublikasi TIV orqali murojaat) ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqadi.

Faylni tanlang