Markaziy apparat

Rasulev Mumin Xalikovich

Rasulev Mumin Xalikovich

Buxgalteriya

Bosh buxgalter


Majburiyatlari

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari:

 

· Belgilangan muddatda kvartal kassa rejalarini tuzish va ularni bank muassasalariga taqdim etish;

· Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan tovar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun to‘lov topshiriqlarni bank muassasalariga topshirish, hisob to‘lovlarini vaqtida yozib berish va xaridorlardan talab qilinadigan vositalarni vaqtida qabul qilish uchun barcha choralarni ko‘rish;

· Moliyaviy ko‘rsatkichlarni har kuni operativ olib borish;

· Korxonaning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomalar tuzib, ularni rahbariyatga taqdim etish;

· Yuqori turuvchi tashkilotga, soliq inspeksiyasiga, bank va statistika muassasalariga, belgilangan amaliy va statistik hisobotni topshirish;

· Zamonaviy to‘lov shakllarini amalga oshirishga yordam beradigan va bu hisoblarni olib borishdagi qoidalarga rioya qilishni ta’minlaydigan xaridorlar va yetkazib beruvchilar bilan eng ma’qul to‘lov shakllarni olib borish;

· Naqd pul, qimmatli qog‘ozlar va hisobot blanklarni, kassa operatsiyalarni amalga oshirish Nizomiga muvofiq ravishda qabul qilish, saqlash, amaliy hisobini olib borish va ularni taqdim etish;

· Bank muassasasi tomonidan belgilangan g‘aznadagi naqd pul mablag‘lari qoldiqlari limitiga rioya qilish va ularni to‘liq saqlash choralarini ko‘rilishini ta’minlash;

· Buxgalteriya statistika hamda moliyaviy va to‘lov intizomi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha sistematik tahlilni amalga oshirish, xo‘jalik-moliyaviy faoliyat natijalarni tahlil qilish, asosiy fondlarni va aylanma vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish;

· Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha tashkiliy ishlarda ishtirok etish va ushbu faoliyatni moliyaviy ko‘rsatkichlarga ko‘rsatgan ta’sirini aniqlash;

· Xo‘jalik shartnomalarni tuzishda ishtirok etish hamda moliyaviy shartlarni qabul qilish;

· Tovar-material boyliklarni qabul qilish va yuborish qoidalarini amalga oshirilish nazoratini tashkil qilish, mehnat  haqi fondi chiqimi, majburiyat okladlari belgilanishi, shtat, moliyaviy va kassa intizomiga qattiq rioya qilinishini nazorat qilish, pul mablag‘larini, tovar-material boyliklarini, asosiy fondlarni, hisoblarni va to‘lov majburiyatlarni inventarizasiyalashning belgilangan qoidalariga amal qilishni nazorat qilish;

· Korxonaning moliyaviy-xo‘jalik hisob faoliyatini tashkil qilish;

· Korxonaning uzoq muddatli moliyaviy- mablag‘ siyosatini ishlab chiqish;

· Asosiy fondlarni, aylanma vositalarni va moliyaviy resurslarni saqlash hamda ulardan        samarali foydalanish bo‘yicha “EMMM” DUK faoliyatini tashkillashtirish;

· Byudjet hamda boshqa davlat muassasalari, banklar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni vaqtida amalga oshirishni ta’minlash;

· Korxonaning moliyaviy va mulk resurslaridan foydalanishni nazorat qilish;

· O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy-kredit va soliq Qonunchiligiga amal qilishni          nazorat qilish;

· Xo‘jalik-moliyaviy faoliyatdagi salbiy hodisalarni vaqtida oldini olish, ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash va safarbar qilish.

 

Faylni tanlang