Markaziy apparat

Rixsibayev Pulat Isabayevich

Rixsibayev Pulat Isabayevich

Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘limi

Bo'lim boshlig'i


Majburiyatlari

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari:

 

Elektromagnit  moslashuv markazida, kosmik va yer usti REVlarning xalqaro huquqiy himoyasi bo‘yicha vazifalarni hal etish uchun, Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘limi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

REVlarning radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasining quyidagi radioxizmatlarida amalga oshiriladi:

 

· quruqlikda harakatlanuvchi;

· turg‘un;

· radioeshittirish;

· sun’iy yoldosh.


Hozirgi kunda, O‘zbekiston Respublikasi, radiochastota taqdimotini muvofiqlashtirish bo‘yicha quyidagi davlatlar bilan ikki tomonlama bitimga ega:

· Qozog‘iston Respublikasi bilan:  O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida chegara hududlaridagi Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasining yer usti fuqarolik radioxizmatlari tomonidan foydalaniladigan radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish togrisidagi bitim”;

· Qirg‘iziston Respublikasi bilan: O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi radioxizmatlari foydalanadigan 29.7 – 960 MHz radiochastota polosasidagi radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘isiston Respublikasi Hukumatlari o‘rtasidagi bitim;

· Tojikiston Respublikasi bilan: O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi radioxizmatlari foydalanadigan 30 - 1000 MHz radiochastota polosasidagi radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Hukumatlari o‘rtasidagi bitim;

· Turkmaniston bilan: O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi radioxizmatlari foydalanadigan 29.7 - 960 MHz radiochastota polosasidagi radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Hukumatlari o‘rtasidagi bitim.

Radiochastotalarni va REVni xalqaro muvofiqlashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori 6-ilovasiga “O‘zbekiston Respublikasi radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy himoya qilish to‘g‘risida nizom” va Radiochastotalar taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hukumatlararo bitimlar shuningdek, Xalqaro radioaloqa reglament (RR) moddalari bilan belgilangan.

Radiochastota taqdimotidan foydalanishga ruxsat etuvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda REVning radiochastota nominallari va texnik tavsiflarini respublikaning manfaatdor muassasalari bilan muvofiqligi tekshirilgandan so‘ng, REVning taqdim etilgan radiochastotalari va texnik tavsiflarining respublika hududidagi ushbu REVni o‘rnatish va foydalanish bo‘yicha aloqador bo‘lgan chet el Aloqa ma’muriyatlari bilan muvofiqligini tekshirish zaruriyati aniqlanadi va amalga oshiriladi.

Turli xil radioxizmatlarning REVlariga radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirishda va ro‘yxatga olishda Xalqaro Elektroaloqa Ittifoqi (XEI) tomonidan ishlab chiqilgan, mos keladigan yagona shakllar ishlatiladi.

REVga radiochastota taqdimotlarini XEIda xalqaro miqyosda muvofiqlashtirish va ro‘yxatga olish paytida bazi hollarda arizachiga so‘ralgan REVga taqdim etilgan radiochastotalarlarni vaqtinchalik ishlatishga ruxsat berish mumkin.

Kerakli Aloqa ma’muriyatlaridan rozilik olingandan so‘ng, XEIda ro‘yxatdan o‘tish uchun (rozililik olingan Aloqa ma’muriyatlari ko‘rsatilgan holda) kerakli arizalar yuboriladi.
 Ma’muriyatlar tomonidan rad javobi berilganda yoki biror-bir kamchilik ko‘rsatilgan holda elektromagnit holat qayta tekshiriladi va barcha imkoniyatlardan foydalanib, radiochastota taqdimotini muvofiqlashtirish  muammolar hal etiladi.

Agar so‘ralayotgan REV radiochastota taqdimoti va texnik tavsifi, qoshni davlatlarning Ma’muriyatlari bilan muvofiqlashtiriluvi talab etilmasa, xalqaro qonunlarning buzilmasligini taminlash maqsadida hujjatlar Xalqaro chastotalar ma’lumot registrida (XCHMR) ro‘yxatdan o‘tkazilish uchun XEIga yuboriladi.

Taqdim etilgan radiochastotalar XCHMR ro‘yxatiga kiritilgandan so‘ng va Xalqaro chastotalar ro‘yxati yangilangandan so‘ng REVni ishlatishga doimiy ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.

Faylni tanlang