Markaziy apparat

Rozikulova Nadejda Pavlovna

Rozikulova Nadejda Pavlovna

Televideniye va radioeshittirish bo‘limi

Bo'lim boshlig'i


Majburiyatlari

Bo‘limning asosiy vazifalari:

Radioeshittirish xizmatining chastota diapazonlarida REVning radiochastota spektridan foydalanish imkoniyatlari va shartlarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslarining murojaatlari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish va xulosa tayyorlash.

 Zarur bo‘lganda, XEI va ASMH doirasida o‘tkaziladigan tadqiqot ishlarida, seminarlarda, konferensiyalarda qatnashish, shuningdek, Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashish.

O‘zbekiston Respublikasining radioeshittirish xizmatiga tegishli bo‘lgan Xalqaro elektraloqa ittifoqining XRChM monitoringini amalga oshirish.

Radioeshittirish xizmatiga ajratilgan diapazonlarda radiochastota tayinlanishini xalqaro muvofiqlashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlarini olib borish (EMM hisoblash va boshqa radiochastota organlari bilan muvofiqlashtirish).

Radioeshittirish xizmatiga tegishli REVlarni olib kirish, o‘rnatish (sotib olish), qurishga va ekspluatatsiya uchun arizalarni ko‘rib chiqadi va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish.

Teleradioeshittirish xizmati REV uchun radiochastotalar tayinlashni tashkil etish va qayd etish .

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo‘limi va boshqa radiochastota organlari bilan  o‘z vakolatlari doirasida hamkorlik qilish va ko‘maklashish.

Teleradioeshittirish xizmatining radioelektron uskunalari bilan bog‘liq telekommunikatsiya sohasidagi yangi texnologiyalar va aloqa standartlarini o‘rganish va ularni korxonaning ishlab chiqarish jarayoniga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining,
“EMMM” DUKning buyruqlari, farmoyishlari va RChRKning qarorlariga muvofiq me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.

 

Bo‘limning asosiy funksiyalari:

Televideniye va radioeshittirish REVlari, shuningdek, radioeshittirish xizmatining radiochastota spektrini bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilishni va yig‘ishni amalga oshiradi.

Radioeshittirish xizmatining bugungi kundagi va istiqboldagi talablarini o‘rganadi, radioeshittirish xizmatiga ajratilgan diapazonlarda radiochastota tayinlanishlarining uzoq muddatli rejalarini tuzadi.

Radioeshittirish xizmatining chastotalarini taqsimlash bo‘yicha vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning murojaatlarini texnik ekspertizadan o‘tkazadi, ulardan foydalanish shartlarini ishlab chiqadi, shuningdek, radiochastotalar va radioeshittirishning REVlaridan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida texnik xulosalar tayyorlaydi.

Respublika bo‘ylab idoraviy mansubligidan (fuqarolik foydalanish maqsadidagi), manzilidan qat’iy nazar markazlashtirilgan maqsadda, shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida markazlashtirilmagan radioeshittirishlarni uzatuvchi REVni hisobga oladi, ro‘yxatdan o‘tkazadi va qayta ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Radioeshittirish xizmati tomonidan foydalanilayotgan va foydalanishi rejalashtirilgan REVlar va ular ishlatayotgan chastotalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yuritadi.

Qo‘shni davlatlarning aloqa ma’muriyatlari bilan radioeshittirish xizmatiga tegishli radiochastota polosalarida ajratilgan radiochastota tayinlanishini xalqaro muvofiqlashtirish (kelishish) zarurligini aniqlaydi.

Zaruriyatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriyati vakillari tarkibida o‘z vakolati doirasida radioeshittirish xizmatining radiochastota tayinlanishini xalqaro muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa davlatlarning ma’muriyatlari bilan muzokaralarda ishtirok etadi.

Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo‘limi orqali taqdim etilgan yangi va qayta ishlangan XEI tartib-qoidalari va tavsiyalari, shuningdek, radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha radioeshittirish xizmatiga tegishli XEI ma’muriy nizomlarini o‘rganadi, tahlil qiladi va takliflarni tayyorlaydi.

XEI Radioaloqa sohasida tayyorgarlik komissiyasi tarkibida ish yuritadi.

Auditorlik tekshiruvlari yoki boshqaruv jarayoni tomonidan ko‘rib chiqish paytida aniqlangan nomuvofiqliklarni (tuzatuvchi harakatlar) bartaraf etishga harakat qiladi.

Faylni tanlang