Markaziy apparat

Shatimirov Shuxrat Muxammadovich

Shatimirov Shuxrat Muxammadovich

Ma‘muriy xo‘jalik xizmati

Xizmat boshlig'i


Majburiyatlari

Xizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • “EMMM” DUK  inshootlari va binolarini amaldagi sanitariya-gigiyena va yong‘inga qarshi me’yor va qoidalarga muvofiq ta’minlash va texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish;
  • Korxona bo‘yicha energetika tarmog‘i ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish;
  • Texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiyani ta’minlash bo‘yicha shartnomalar tuzish;
  • Korxonaning asosiy fondlarini (binolar, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti, elektr energiyasi va boshqa inshootlarni) kapital ta’mirlash va joriy ta’mirlash rejalarini ishlab chiqishda, xo‘jalik xarajatlari smetalarini (hisob-kitoblarini) tuzishda ishtirok etadi; 
  • Korxona rahbarining tashkiliy va boshqaruv faoliyati bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
  • “EMMM” DUK va tarkibiy bo‘linmalar binolarini ekspluatatsiya qilish, aloqa xizmatlari, qo‘riqlash va yong‘inga qarshi signalizatsiya tizimlarini saqlash, chiqindilarni chiqarish, profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish, energiya manbalaridan va ulardan foydalanish bo‘yicha shartnomalar tuzish, shuningdek mehmonxonalarga joylashtirish tadbirlarni amalga oshirish, ijaraga olish bo‘yicha shartnomalar tuzish;
  • Korxona binosi va inshootlarini ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda texnik xizmat ko‘rsatishni va ularning to‘g‘ri holatini ta’minlash, shuningdek, bino ichidagi yoritish, isitish, ventilyatsiya tizimlarini soz holatini ta’minlaydi;
  • Xo‘jalik xizmatini ko‘rsatish, moddiy resurslardan oqilona foydalanish, obyektlar mulkining saqlanishi masalalari bo‘yicha korxonaning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga tashkiliy va uslubiy rahbarlik va nazorat qilish;
  • “EMMM” DUK rahbariyatiga tashkilot faoliyatini iqtisodiy ta’minlash holati va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va taqdim etish, Ma’muriy xo‘jalik xizmatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Ishni tashkil etishning yangi usullarini, shu jumladan zamonaviy axborot-texnologiyalarini qo‘llash orqali takomillashtirish va joriy etish;
  • Energetika uskunalari va energetika tizimlarini texnik jihatdan to‘g‘ri ishlashini va o‘z vaqtida ta’mirlashni, elektr energiyasi, suv va boshqa turdagi energiya resurslarini uzluksiz ta’minlashni tashkil etadi;
  • Korxonada energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tejamkorlik rejimiga izchil rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • Viloyatlar EMMX vakillari va xizmat safariga kelgan shaxslarni qabul qilish va zarur xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qiladi;
  • Binolarni, jihozlarni, ularning xavfsizligi va texnik holatini nazorat qilish uchun inventarizatsiya qilishda ishtirok etadi;
  • Hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash, binolar fasadlarini bezash, nazorat-o‘tkazish punktlari va hokazo ishlarni nazorat qiladi;
  • Korxonada o‘tkaziladigan uchrashuvlar, konferensiyalar va tajriba almashish bo‘yicha seminarlar va boshqa tadbirlar uchun xo‘jalik xizmatlarni tashkil etadi;
  • Yong‘inga qarshi vositalarning holati ustidan nazoratni ta’minlaydi;
  • “EMMM” DUK va tarkibiy bo‘linmalarining davriy nashrlariga obunalarni tashkil qiladi;
  • Binolarning sanitariya-texnik tizimlarini yaxshi holatda saqlashni ta’minlaydi va ularni o‘z vaqtida ta’mirlash choralarini ko‘radi;
  • “EMMM” DUK xodimlari o‘rtasida binolarning xavfsizligi va tashkilotning mol-mulkining yaxshi holatda saqlanishi va saqlanishini ta’minlashga qaratilgan axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
  • Qo‘riqlash va yong‘inga qarshi signalizatsiyasi tizimining ishlashini nazorat qiladi;

 

Kadastr ishlarini olib boradi;

Korxonani moddiy-texnik ta’minlash bo‘yicha shartnomalar shartlarini kelishishda ishtirok etadi;

Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan bevosita va uzoq muddatli munosabatlarni tashkil qiladi;

Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga nisbatan davo arizalarini tayyorlash bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi hamda tuzilgan shartnomalar shartlariga o‘zgartirishlarni xizmat ko‘rsatuvchilar bilan kelishish ishlarini olib boradi;

 

Auditorlik tekshiruvlarida yoki rahbariyat tomonidan tahlil qilishda aniqlangan nomuvofiqliklarni (tuzatish harakatlarini) bartaraf etishni ta’minlaydi. 

 

Smetalarni tuzish, ta’mirlash ishlarini rejalashtiradi.

 

Faylni tanlang