Soha yangiliklari

 Bugundan my.gov.uz portalida ipoteka subsidiyasini berish xizmati ishga tushdi

Joriy yil 1-maydan boshlab YIDXP (my.gov.uz)da “Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati  yoqildi. Oʻzbekiston Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq  joriy yil yangi tartibdagi ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.  Endilikda subsidiya ajratish jarayoniga quyidagi oʻzgarishlar kiritildi: Subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 4 oy ichida amal qiladi, bu muddat tugagandan soʻng qayta ariza berilishi mumkin; Subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi, rad etilgan arizalarga 1-dekabrga qadar qayta ariza yuborish mumkin.
Faylni tanlang