Markaz haqida

“EMMM” DUK rivojlanish strategiyasi

    1. Radiomonitoring va boshqa texnik vazifalar samaradorligini oshirish maqsadida texnik bazani yanada takomillashtirish. Viloyatlarda 2 ta yangi avtonom statsionar radio nazorat punktlarini ishga tushirish.

    2. Professional kadrlarni tayyorlash va yuqori darajadagi malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish. “EMMM” DUK viloyat bo‘linmalarining radiomonitoring mutaxassislari va radiochastota organlari uchun o‘quv treninglarni tashkil etish va o‘tkazish

    3. Korxona faoliyati sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini xolis, har tomonlama va muddatida ko‘rib chiqishni ta’minlash, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob tayyorlash muddatlari va tartibiga rioya etish.

    4. Korxonaning sifat menejmenti tizimini ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar talablariga muvofiq xavf-xatarlarni inobatga olgan holda doimiy ravishda takomillashtirib borish. Tashqi nazorat auditiga tayyorlanish va o‘tkazish

    5. “EMMM” DUK mutaxassislarining malakasini oshirish. Xodimlarni tashqi malaka oshirish kurslarida o‘qitish (onlayn masofaviy)

    6. Iste’molchilar (radiochastota spektri foydalanuvchilari) talablarini qondirish maqsadida xizmat ko‘rsatish. 

    7. Amaldagi qonunchilik va korxonada qo‘llaniladigan ichki normativ hujjatlarning korrupsiyaviy jihatdan buzilishini bartaraf etish. ISO 37001:2016: Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini joriy etish

    8. “EMMM” DUK va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash Korxona xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining tarixiy shaharlariga sayyohlik safarlarini tashkil etish, viloyatlarda EMMX ofis binolari, radio nazorat punkt xonalarini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

Faylni tanlang