Soha yangiliklari

100 dan ortiq internet loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan “Softex” korxonasi faoliyati bilan tanishildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Navoiy viloyatida joylashgan IT Park rezidenti “Softex” XK faoliyati bilan tanishdi. Korxona asosan dasturlash va kompyuter xizmatlarini taqdim etib keladi. Hozirgi kunda tashkilotda 25 nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu kunga qadar “Softex” tomonidan 100 dan ortiq internet loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 2022-yilga shu vaqtiga kelib, korxona umumiy qiymati 16 ming dollarlik xizmatlar eksport qilishga erishgan.  AKT vaziri korxona rahbariyati bilan suhbatlashib, kelgusida uning faoliyatini yanada kengaytirish, bo‘sh ish o‘rinlariga yosh va bilimli kadrlarni jalb qilish, shuningdek, vazirlik bilan muvaffaqiyatli hamkorlik olib borish bo‘yicha takliflarini bildirib o‘tdi.
Faylni tanlang