EMMM yangiliklari

14 - yanvar - Vatan himoyachilari kuni

Vatanimizning mard va jasur himoyachilari!

Mamlakatimizning g‘ururi va sharafi bo‘lgan siz hamyurtlarimizni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklaymiz!

Ushbu sana yuragida Vatanga cheksiz muhabbat va sadoqat tuyg‘usi jo‘sh urgan, yurtimiz, jamiyatimiz, oilalarimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida mardlarcha  faoliyat olib borayotgan barcha fidoyilarni sharaflash kunidir.

Sizlarning fidokorona xizmatingiz tufayli yurtimizda tinchlik va xotirjamlik barqaror bo‘lib, farzandlarimiz yorug‘ va baxtli kelajakka ishonch bilan qaramoqda.

 

Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!

Faylni tanlang