"EMMM" DUK yangiliklari

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni!

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz “Bu dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo o‘z oilasi, Vatani hamda xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir”, deb bejiz aytmaganlar.

 

 

Ozod va obod yurtimizning tinchligi, ishonchli Vatan himoyachilari qo‘lida ekanligi shubhasizdir. O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli yurtimiz xavfsizligini, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilishga, aholimizning tinch va osuda hayotiga qarshi qaratilgan har qanday g‘arazli urinishlarning oldini olishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, tashkiliy jihatdan mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan milliy armiyamiz shakllantirildi. Biz qo‘lga kiritgan bunday yutuqlar bilan muqaddas yurtimizda yashayotgan, millati, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar, har bir inson haqli ravishda faxrlansa arziydi.

Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin Vatanimizning mard va jasur himoyachilari!

 

Hurmat bilan, “EMMM” DUK jamoasi.

Faylni tanlang