"EMMM" DUK yangiliklari

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

photo2025-11-1910-28-55.jpg

Bugun biz yurtimiz hayotidagi eng e’zozli, eng g‘ururli sanalardan birini — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligini ulkan faxr va yuksak saodat hissi bilan nishonlamoqdamiz. Bu sana – xalqimizning ozodlik yo‘lidagi sobitqadamligi, mustaqillik yo‘lidagi qat’iy irodasi va kelajak sari yorqin ishonchining timsolidir.

Davlat bayrog‘imiz – bu oddiy bir mato emas. U — xalqimizning ruhi, yurtimizning shonu-shuhrati, milliy g‘ururimizning abadiy ramzidir!

Bugun bayrog‘imiz nafaqat yurtimiz osmonida, balki dunyoning eng nufuzli minbarlarida, xalqaro maydon va musobaqalarda, diplomatik sahnalarda yuksak ehtirom bilan hilpirab kelmoqda. 

Har bir xalq o‘z bayrog‘iga qarab o‘zining o‘tmishini xotirlaydi, bugunini anglaydi, kelajagini ko‘z oldiga keltiradi. Biz ham bayrog‘imizga boqarkanmiz, ulug‘ ajdodlar merosiga sadoqatni, xalqimizning buyuk kelajakka ishonchini va barqaror rivojlanayotgan yangi O‘zbekiston qiyofasini ko‘ramiz.

Shu ulug‘ ayyom munosabati bilan barchangizni chin yurakdan tabriklaymiz!

Yurtimizda doimo tinchlik-osoyishtalik, mehr-oqibat, birlik va hamjihatlik hukm sursin. 

Bayrog‘imiz doimo baland, davlatimiz doimo qudratli, el-yurtimiz doimo baxtiyor bo‘lsin!

Faylni tanlang