"EMMM" DUK yangiliklari

Xalqaro Elektraloqa Uyushmasining 2019 yilgi Butundunyo radioaloqa konferentsiyasiga ikkinchi tayyorgarlik yig’ilishi.

Xalqaro Elektraloqa Uyushmasining 2019 yilgi Butundunyo radioaloqa konferentsiyasiga ikkinchi tayyorgarlik yig‘ilishi 18-28 fevral kunlari Shveytsariyaning Jeneva shaxrida bo‘lib o‘tdi.

Tayyorgarlik yig‘ilishi Butundunyo radioaloqa konferentsiyalari oralig‘ida ikki marta o‘tkazilib, asosiy maqsadi: Xalqaro Elektraloqa Uyushmasining Radioaloqa Reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish loyihasi, Butundunyo radioaloqa konferentsiyasi kun tartibi bo‘icha hisoboti loyihasi, tadqiqot komissiyalari va uni ishchi guruhlarining ish natijalari, keyingi Butundunyo radioaloqa konferentsiyasisining kun tartibi loihasi bo‘icha takliflar tayyorlash.

103 davlatdan 1400 dan ortiq Xalqaro Elektraloqa Uyushmasining vakillari, 86 radioaloqa sektori vakillari, shu jumladan xalqaro tashkilotlar yig‘ilishda ishtirok etdilar. Tayyorgarlik yig‘ilishida 2019 yilgi Butundunyo radioaloqa konferentsiyasi kun taritibining chastota, reglament, texnik, ekspluatatsion tadqiqotlarining natijalari ko‘rib chiqildi.

Ikkinchi tayyorgarlik yig‘ilishda O’zbekiston Respublikasi aloqa ma’muriyati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, EMMM DUK, UNICON DUK mutaxasislari ishtirok etdilar.

Ikki hafta bo‘lib o‘tgan Ikkinchi tayyorgarlik yig‘ilishi 2019 yilgi Butundunyo radioaloqa konferentsiyasiga tayyorgarlik hisobotini qabul qilish bilan yakunlandi.

 

 

TKvaRE bo‘limi boshlig‘i v.v.b. – Mirzabekov E.X.

 

Faylni tanlang