"EMMM" DUK yangiliklari

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Xalqning, millatning mavjudligi, avvalo, uning o‘z tiliga egaligi bilan belgilanadi. 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida” gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tilining huquqiy maqomi mustahkamlandi.

Ona tili – millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, “Oʻzbek tili oʻzbek xalqining maʼnaviy mulkidir” deya ta’kidlanishi jamoatchilikning gʻururiga gʻurur qoʻshdi.  Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi barcha yurtdoshlarimizni – “O‘zbek tili bayrami” kuni bilan muborakbod etadi!

Faylni tanlang