"EMMM" DUK yangiliklari

Radiochastota spektri va sun’iy yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha Aloqa sohasida hududiy hamdo‘stlik (ASHH) komissiyasining 23-yig‘ilishi va uning ishchi organlarining navbatdagi yig‘ilishlari o‘z ishini boshladi

2023-yil 22-maydan 26-maygacha Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida  radiochastota spektri va  sun’iy  yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha ASHH komissiyasining 23-yig‘ilishi va uning ishchi organlarining navbatdagi yig‘ilishlari o‘z ishini boshladi. Komissiyaning ishchi organlarining yig‘ilishlarida: Radioeshittirish bo‘yicha ishchi guruh, Radiochastota spektrini boshqarish bo‘yicha ishchi guruh, Butunjahon radioaloqa konferensiyasi va Radioaloqa Assambleyasiga tayyorgarlik bo‘yicha ishchi guruh va raqamli teleeshittirish bo‘yicha loyiha guruhlarining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar ko‘rib chiqiladi.

Yig‘ilish RChS va YO bo‘yicha ASHH qo‘mitasi raisi Butenko Valeriy Vladimirovich tomonidan ochib berildi. Tabrik so‘zi bilan, Qozog‘iston Respublikasining innovatsiya va aerokosmik sanoatini raqamli rivojlantirish  vaziri o‘rinbosari Orazbek Asxat Yelubayevich, ASHH ning Ijroiya qo‘mitasi bosh direktori Muxitdinov Nuruddin Nasretdinovich, XEI radioaloqa byurosining harakatdagi va turg‘un xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i Bogens Karlis Karlovichlar yig‘ilish ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan murojaat qildilar.

Yig‘ilishda Radiochastota spektri va sun’iy yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha ASHH komissiyasining, shuningdek uning ishchi organlarining navbatdagi yig‘ilishlari kun tartibi tasdiqlandi.

Mazkur tadbirda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK mutaxassislari ishtirok etmoqda:

Televideniye va radioeshittirish bo‘limi boshlig'i N.P.Rozikulova;

Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo ‘limining yetakchi muhandisi M. V.Zaytseva;

Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa bo‘limining 1-toifali muhandisi-R. M.Tadjimatov;

Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo ‘limining 1-toifali muhandisi A. O.Kudratova.


 

Faylni tanlang