Soha yangiliklari

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

O‘zbekistonda “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” keng miqyosda nishonlab kelinadi. Bu kun nafaqat jurnalistlar va soha xodimlari, balki ularning ijod mahsulidan bahramand bo‘ladigan ko‘p ming sonli o‘quvchilar, tomoshabinlar va ziyolilar uchun ham ahamiyatli.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jamiyat boshqaruvi hamda insonlar hayotidagi o‘rni va ahamiyati oshib borayotgan bir paytda, aholining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarini oshirish, interaaktiv xizmatlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish, soha yangiliklarini tezkor tarqatishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni muhim. Bu yo‘nalishda vazirlik 100 dan ziyod ommaviy axborot vositalari jurnalistlari va xodimlari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Fursatdan foydalanib, televideniye, radio, bosma va elektron nashrlarda faoliyat yuritayotgan barcha hamkor jurnalistlarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklaymiz, oilaviy farovonlik va ijodiy yutuqlar tilaymiz.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang