"EMMM" DUK yangiliklari

28-aprel – Xalqaro AKT sohasida ayollar kuni

2022-yil 28-aprel kuni Toshkent shahidagi INHA Universiteti binosida Xalqaro AKT sohasida ayollar kuni munosabati bilan “Raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish – biz nimani taklif qilamiz” mavzusida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi.

Onlayn-muloqot Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va MDH Xalqaro elektraloqa Ittifoqi mintaqaviy bo‘linmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Yig‘ilishni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ochib berdi. Muloqotda MDH bo‘yicha AKT sohasidagi nufuzli tashkilotlarning ayol rahbar xodimlari spikerlik qildilar va AKT sohasida ayollarning rolini oshirish borasida tajriba almashdilar.

MDH Xalqaro elektraloqa Ittifoqi mintaqaviy bo‘linmasi direktori Natalya Mochu, “Intersputnik” Xalqaro kosmik aloqa tashkiloti ijrochi direktori Elina Morozova AKT va STEM ta’limida ayollar uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi to‘g‘risida mazmunli suhbat olib bordilar.

“Delatek” agrosektori IT-platformasining asoschisi Dildora Atajanovaning IT sohasiga kirib kelishi va agrosektor bo‘yicha yagona bo‘lgan platformaning yaratilishidagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlari yig‘ilish ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Davra suhbatida “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning ayol xodimlari ham ishtirok etdilar. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar va barcha ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan ko‘rkam guldastalar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.


Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.Turgunova

Faylni tanlang