Soha yangiliklari

Ijtimoiy himoyaga muhtoj 30 ming nafar IT sohasiga qiziqishi bor yoshlar bepul o'qitiladi

2026-yil davomida “Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” dasturi doirasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 30 ming nafar farzandlari uchun talab yuqori bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda bepul tahsil olish yo'lga qo'yilmoqda:
- Axborot texnologiyalari; 
- SMM;
- Ingliz tili;
- Elektron tijorat;
- Marketing.

Yuqoridagi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan eng yaxshi 5000 nafar iqtidorli yoshlar uchun malakali mentorlar tomonidan oflayn tarzda intensiv o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

Ushbu imkoniyatlardan foydalanish uchun - itstudy.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘ting. 

Mazkur kurslarda tahsil olish tartibi va shartlari bo‘yicha savollaringiz bo'lsa, har bir hududlarda biriktirilgan mutaxassislarimiz orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

Faylni tanlang