Soha yangiliklari

30 yildan ortiq Rossiya raislik qilgan Aloqa sohasidagi Hududiy Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning Aloqa ma’muriyatlari rahbarlarining kengashi raisi etib birinchi marotaba O‘zbekiston AKT vaziri saylandi

Aloqa sohasidagi  Hududiy Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning Aloqa ma’muriyatlari rahbarlarining kengashining qo‘shma 58-majlisi va MDHga a’zo davlatlarning MDH huzuridagi Axborotlashtirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining 28-majlisi yakunlandi.  Unda ASHHga a’zo davlatlar ma’muriyatlari rahbarlari kengashining raisi etib O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov saylandi. AKT vazirining ushbu kengash raisi etib saylanishi O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish bo‘yicha vazifani amalga oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.
Faylni tanlang