"EMMM" DUK yangiliklari

8 - dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu burch va huquqlarimiz dunyoning barcha mamlakatlarida mavjud boʻlganidek, Respublikamizning asosiy qonuni boʻlmish Konstitutsiyamizda belgilab berilgan.

6 boʻlim, 128 moddadan iborat qonunimiz bugungi kunda Mustaqillik yillarida erishgan eng muhim yutuqlaridan biri boʻlib, fuqarolarning jamiyatdagi hayoti, huquq va burchlarini muntazam himoya qilish vazifasini bajarmoqda.

Baxtimiz qomusi boʻlgan Konstitutsiyamiz millatidan qatʼiy nazar barcha oʻzbek xalqi, fuqarosining butun bir imkoniyati va majburiyatlarini oʻzida aks ettirgan boʻlib, hali uzoq yillar davomida Yangi Oʻzbekistonning baxtli va kelajagi buyuk avlodlari uchun ham munosib xizmat qiladi.

Bugun barcha tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi o‘tkazildi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tizim tashkilotlari xodimlariga esdalik nishonlari topshirildi. Jumladan, “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK xodimlari Sangirov Ulug‘bek Sultanbekovich - Bosh yuriskonsult va Rozikulova Nadejda Pavlovna - Televideniye va radioeshittirish boʻlimi boshligʻi esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

8-dekabr xalqimiz nazdida tenglik, teng huquqlilikka imkoniyatlar kuni boʻlib qolaveradi. Shu kun munosabati bilan Aziz xalqimiz, hamkasblarimiz, qadrli hamkorlarimiz barchangizni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik shodiyona kuni bilan tabriklab, sizlarga tinchlik hotirjamlik sog‘lik-salomatlik tilab qolamiz.

Hurmat bilan, “EMMM”DUK jamoasi.

Faylni tanlang