"EMMM" DUK yangiliklari

9-aprel – Buyuk Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Har yili 9-aprel sanasida yurtimizda buyuk sarkarda, dono siyosatchi va yurtparvar davlat arbobi Amir Temur tavalludi keng nishonlanadi. 1336-yilning aynan shu kuni, hozirgi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida, Hazrati Imom qishlog‘ida dunyoga kelgan bu zot, keyinchalik butun dunyo tarixiga ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ shaxsga aylandi.

Amir Temur o‘z davrining eng qudratli imperiyalaridan birini barpo etib, Sharqdan to G‘arbga qadar yuksak nufuzga ega bo‘lgan. Uning siyosiy donishmandligi, harbiy strategiyasi, shuningdek, ilm-fan va madaniyatga e’tibori uni tarix sahifalarida abadiy muhrlab qo‘ygan.

Sohibqironning “Kuch – adolatda” degan shiori bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Uning merosi – bu yurtimiz faxri, yoshlar uchun esa ibrat maktabidir.

 

Amir Temur tavalludining ushbu yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Faylni tanlang