"EMMM" DUK yangiliklari

9 dekabr – Butunjahon korrupsiya gaqarshi kurashish kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil
21-noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida belgilangan. Shu munosbat bilan Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida ham o‘quv seminari tashkil etildi.

Bu kunni belgilashdan maqsad, korrupsiyaga qarshi kurashdagi vazifasini chuqurroq yoritish, korruptsiya muammosining tub mohiyatini tushunib etish va korrupsiya bilan kurashish hamda uni oldini olishdan iboratdir.

Yurtimizda ham Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbеkiston Rеspublikasining Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mеxanizmi yaratildi.

Mazkur Qonuning 3-moddasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga doir tushunchalarga ta’rif bеrilgan, ya’ni korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqеidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdеk bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.

Mazkur Qonun o‘z navbatida, fuqarolarga korrupsiya va korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illatlari haqida ma’lumot bеradi.

Davra qatnashchilari o‘rtasida o‘zaro fikr almashib,Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari qilib, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash kabi vazifalar ko‘rsatib o‘tilganligi ta’kidlab o‘tildi.

O‘quv seminari ishchilar o‘rtasida baxs va munozaralarga boy tarzda o‘tkazildi.

 

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX

tarmoq muhandisi F.A Jurinov

Faylni tanlang