"EMMM" DUK yangiliklari

9-May – Xotira va qadrlash kuni

Butun dunyoni larzaga solgan, hali-xanuz insoniyat xotirasidan o‘chmagan II-Jahon urushida qozonilgan g‘alabaga bugun 77 yil bo‘ldi.

Bugun fashizmga qarshi kurashishda halok bo‘lgan minglab vatandoshlarimizning so‘nmas xotiralarini yod etib, ularning ruhi-poklariga hurmat bajo keltirish biz uchun ham farz, ham qarzdir.

 Vatanizmizning gullab-yashnashi, bugungi tinch-totuv hayotimiz va musaffo osmonimiz uchun minnatdorlik hissi bilan, jangu jadallarda jon olib, jon bergan vatandoshlarimizni yod etish, shuningdek, bugungi kunda keksalik gashtini surib, duoi-nasihatlari bilan yoshlarga madad bo‘layotgan hamda yoshlar bilan yelkama-yelka mehnat qilayotgan faxriylarimizni qadrlash va e’zozlash uchun ham 9-May - Хotira va qadrlash kunini keng nishonlamoqdamiz.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni ushbu munavvar bayram bilan qutlaymiz. Vatan uchun qurbon bo‘lganlarni xotirlab, haqlariga duo qilib, keksa avlod vakillarini qadrlash va e’zozlashga chaqirib qolamiz, zero “Xotira – abadiy, qadr – muqaddas”


 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.Turgunova

 

Faylni tanlang