Soha yangiliklari

“O‘zbekkosmos” agentligi va Pokiston Kosmik fazo va yuqori atmosferani tadqiq etish komissiyasi o‘rtasida kosmik fanlar, texnologiyalar va ilovalardan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi

Joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi va Pokiston Kosmik fazo va yuqori atmosferani tadqiq etish komissiyasi bilan kosmik fanlar, texnologiyalar va ilovalardan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumini imzoladi.

Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

– qo‘shma salohiyatni oshirish faoliyatida imkoniyatlarni aniqlash va kosmik fan, texnologiya va ilovalardan tinch maqsadlarda foydalanishda o‘zaro manfaatli sohalarni baholash;

– o‘zaro teng manfaatli sohalarda axborot, bilim va kadrlar almashinuviga ko‘maklashish;

– amaldagi qonunlar va meʼyoriy hujjatlar hamda Ishtirokchilarning xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda, maslahatlashuvlar o‘tkazish yo‘li bilan mazkur Anglashuv memorandumi doirasidagi muayyan masalalar va hamkorlik ko‘lamini aniqlash.

Hamkorlik yo‘nalishlari:

– Yerni masofadan zondlash va ilovalar

– sunʼiy yo‘ldoshli aloqa

– navigatsiya ilovalari;

– kosmik fanlar va kosmik fazoni tadqiq etish;

– kosmik qonunlar;

– qo‘shma taʼlim loyihalari va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlari;

– texnik maslahatlar va treninglar.

Imzolanish natijasida har ikki tomon kelgusida hamkorlikda ishlash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Faylni tanlang