Joriy yilning 8-avgust kuni “REV va YuChQlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2025-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar” rejasiga asosan To‘rtko‘l tumani, “Kaltaminor” ovul fuqarolar yig‘inida mahalla faollari va aholi orasidan vakillarni yig‘ib tushuntirish tadbirlari tashkil qilindi.

Tadbirda QR IIV JXX HPB profilaktika inspektori, Raqamli texnologiyalar vazirligi QR hududiy sho‘basi va “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining QR hududiy bo‘limi mutaxassisilari, QR EMM xizmati muhandislari hamda, To‘rtko‘l tumani “Kaltaminor” OFY mahalla faollari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan mahalla faollariga O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablari bo‘yicha tushunchalar berildi. Jumladan, QR EMM xizmati muhandislari A.Kartbaev va N. Narimovlar O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-sonli qarori mazmun-mohiyati, hamda, REV va YuChQlardan noqonuniy foydalanishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida mahalla faollariga batafsil ma’lumotlar berishdi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX
1-toifali muhandisi A.Kartbaev