Soha yangiliklari

“Oʻzbektelekom” AK tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

“Oʻzbektelekom” AK tomonidan korporativ mijozlarga xizmat koʻrsatish maqsadida Chilonzor telefon bogʻlamasi bilan hamkorlikda sayyor qabul tashkil qilindi. Shuningdek, Abu Saxiy savdo majmuasida joylashgan doʻkonlarga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari jumladan, yuqori tezlikdagi Internet, IP telefoniya, IP-TV, bulutli xizmatlarni koʻrsatish tashkil etildi. Bundan tashqari, Abu Saxiy savdo majmuasi hududining oʻzida shartnoma rasmiylashtirib qisqa muddatda yuqori tezlikdagi Internet xizmatiga ulash choralari koʻrilmoqda, tadbir davomida bozor hududidagi doʻkonlar va bozorga yaqin boʻlgan MFYlarga ham xizmat koʻrsatilmoqda.
Faylni tanlang