Soha yangiliklari

AKT vaziri Urganchda IT Park faoliyati bilan tanishdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga tashrifi davomida IT Park filialiga bordi. AKT vaziri tashrif davomida IT Parkda yoshlar va IT sohasi mutaxassislari uchun yaratilagan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Filialda faoliyat yuritayotgan IT mutaxassislari bilan uchrashib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, Sh.Shermatov IT-park binosida yangi tashkil etilgan IT akademiyasi bilan tanishib, IT Park va unda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Xorazm viloyatida IT Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 17 tani tashkil etadi. Mazkur IT Parkda 9 ta rezident korxonalar joylashgan. Mahalliy IT kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida IT Park binosida 150 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilib, yoshlarni ish bilan ta’minlanishiga erishildi.
Faylni tanlang