"EMMM" DUK yangiliklari

Alisher Navoiy–buyuk shoir va olim

Yosh kitobxonlar va Surxondaryo viloyati EMMX xodimlari o‘rtasida buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo axborot-kutubxonasi binosida o‘tkazildi. Davra suhbatida Alisher Navoiyni buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, davlat arbobi sifatida ishlar olib borgan buyuk tarixiy shaxs ekanligi yosh kitobxonlar tomonidan takidlandi. Alisher Navoiy butun hayoti davomida inson qalbini eng nozik tuyg‘ulari, ezgulik, hayot mazmunini teran ifoda etgan boy ijodiy merosi milliy adabiyotimizni taraqqiy etishida yangi bosqichni boshlab berdi.

Tadbirda so‘z olganlar Alisher Navoiy jahon adabiyotining sara namunalari sirasiga kiradigan, halollik va adolat, ma’naviy yetuklik g‘oyalarini tarannum etuvchi, insonlarni komillikka chorlovchi asarlari bilan tom ma’noda xalqimizning faxriga aylanganligini e’tirof etildi.

Tadbir davomida Navoiy ijodidan g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi. Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgani, turkiy tilda “Navoiy”, forsiy tilda esa “Foniy” taxalluslarini qoʻllagani aytib o‘tildi.


Bunday tadbirlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga, ularni o‘tmish ajdodlarimizga hurmat ruhida tarbiyalshga xizmat qiladi.


 

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati

2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.X

Faylni tanlang