"EMMM" DUK yangiliklari

Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlarini nishonlashga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

sdgdfgdfggdfg1000x1000.jpg

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va serqirra ijodi, ular yozib qoldirgan bebaho asarlari hamda ularning o‘zbek tili va jahon adabiyotiga qo‘shgan hissalari xususida ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga, tadbirda buyuk shoir va mutafakkirlar, atoqli davlat va jamoat arboblari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini, ularning boy ilmiy-adabiy meroslarini o‘rganish, asarlarini yurtimiz va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qarorlar va olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida aytib o‘tildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1‑darajali radiooperatori Shimbergenov A.A.

Faylni tanlang