"EMMM" DUK yangiliklari

Aloqa sohasidagi xodimlar oʻrtasida futbol boʻyicha sport musobaqasi tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-421-son Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, “Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va ularning jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida” O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 7-fevraldagi 3/44-son buyrug‘i ijrosi bo‘yicha joriy yilning 3 va 4-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Aloqa sohasidagi barcha ishchi-xodimlar oʻrtasida “7-may Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni”ga bagʻishlangan mini-futbol (futzal) boʻyicha sport musobaqasi tashkil etildi.

photo2025-05-0610-13-40.jpg

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ham musobaqada faol ishtirok etdilar. Bunday tadbirlar, oʻz navbatida, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jismonan baquvvat va ma’nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi.

photo2025-05-0610-13-45.jpg

Shuningdek, aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, oʻzaro hamjihatlik, birdamlik va doʻstona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.

photo2025-05-0610-13-54.jpg

Bahslar qizg‘in tus olib, har bir jamoa g‘alaba uchun bor imkoniyatlarini ishga soldilar.

Unda 9 ta jamoa tarkibida 90 nafardan ortiq sportchilar o‘zaro bellashdilar. Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan mazkur musobaqada, umumjamoa hisobida,

3-o‘rinni: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali jamoasi, 2-o‘rinni: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport aloqa bog‘lamasi jamoasi va faxrli 1-o‘rinni: “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali jamoasi qo‘lga kiritdi.

O‘tkazilgan mazkur musobaqa yakuniga ko‘ra, peshqadam bo‘lgan sportchi va jamoalar diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandisi  Matyakubov A.

Faylni tanlang