Joriy yilning 2-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari oila a’zolari bilan birgalikda Amudaryoning yonida joylashgan go‘zal to‘qayzorlikka dam olishga chiqdilar.

Havo iliq va quyoshli bo‘lib, tabiat o‘zining betakror go‘zalligi bilan hammani maftun etdi. Sariq va to‘q sariq rangga bo‘yalgan daraxtlar esa ko‘zga quvonch, dilga farog‘at bag‘ishladi.

Bolalar va kattalar tabiat qo‘ynida olib kelingan taomlardan birgalikda ovqatlanib, choy ichib, qizg‘in suhbatlar qurishdi. Bolalarning quvnoq kulishlari, tabiatning sokin tovushlari va quyoshning iliq nuri bu dam olishni yanada guzal etdi.

Ovqatlanishdan so‘ng bolalar volleybol to‘pini olib, toza havoda o‘yin o‘ynashdi. Bolalarning quvonchga to‘la o‘yinlari va shodon kulgisi atrofdagilarda ham iliq hissiyot va yaxshi kayfiyat uyg‘otdi.

Bu dam olish nafaqat maroqli, balki xotiralarga boy bo‘ldi. Hamjihatlik, do‘stona muhit va tabiat qo‘ynidagi shodlik onlari har bir dam oluvchining qalbida yoqimli xotira sifatida saqlanib qoldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX
1-darajali radiooperatori A.Shimbergenov