EMMM yangiliklari

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Xonobod” chegara bojxona postida noqonuniy radioelektron vositalari olib kirilishi to‘xtatildi

2026-yil 7-may kuni Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Xonobod” chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqorosi A.S ga tegishli bo‘lgan davlat raqami 01KG622ARO bo‘lgan “TOYOTA LAND CRUISER 200” rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda jami 5 (besh) dona “BAOFENG UV-5R” rusumli radioelektron vositalari aniqlangan va fuqaroga nisbatan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, vaqtincha saqlovga olingan. Ushbu REVlar 2026-yil 19-may kuni Andijon viloyati EMMXga texnik ekspertiza xulosasini olish uchun taqdim qilindi.

photo2026-05-2516-07-50.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga muvofiq “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” viloyatdagi vakolatli organlar bilan  o‘zaro hamkorlikda 2026-yilda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan  taqdim etilgan radioelektron vositalardan texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.

photo2026-05-2516-07-57.jpg

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R.Abduvaliyev

Faylni tanlang