Andijon viloyati EMMX xodimi va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi bojxona qo‘mitasining Andijon viloyati chegara bojxona posti xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga muvofiq “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” viloyatdagi vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorlikda 2026-yilda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning 8-aprel kuni hamkorlikda radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Viloyatdagi vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorlikdagi rejaga asosan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi bojxona qo‘mitasining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi Do‘stlik chegara bojxona posti xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida fuqarolar A.I. va B. M. ga tegishli radioelektron vositalar aniqlanib, Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etildi.
Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.
Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi N.M.Qorachayev