EMMM yangiliklari

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati (EMMX) hamda Andijon shahar IIB xodimlari hamkorligida navbatdagi tezkor radiomonitoring tadbiri o‘tkazildi

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi nizom hamda viloyatdagi vakolatli organlar bilan kelishilgan 2026-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etildi.

Radiomonitoring tadbirlari jarayonida Andijon shahridagi “Bog‘ishamol” istirohat bog‘ida fuqarolar P.I. va Q.N.lar tomonidan “BAOFENG UV-5R” va “HYDX-Q608” rusumli jami 5 (besh) dona radioelektron vositasidan ruxsatnomasiz, noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

photo2026-08-1317-30-24.jpg

Aniqlangan qurilmalar Andijon shahar IIB xodimi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati EMMXga taqdim etildi.

Mazkur radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazilib, ularning xulosalari belgilangan tartibda rasmiylashtirib berildi.

photo2026-08-1317-30-30.jpg photo2026-08-1317-30-36.jpg photo2026-08-1317-30-40.jpg

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R.Abduvaliyev

Faylni tanlang