2024-yil 25-aprel kuni Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Yong‘in xavfsizligi va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda fuqaro muhofazasi guruhlari shaxsiy tarkibining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv jarayonida barcha xodimlar fuqaro muhofazasi guruhlarining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, gaz niqoblaridan, kukunli va uglekislotali o‘t o‘chirgichlardan to‘g‘ri foydalanish, shikastlangan xodimlarni xavfsiz hududga evakuatsiya kilish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va korxonadagi talofatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlarida o‘z malakalarini yanada oshirishdi.
Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi Shodmonov U.B.