2025-yil 8-oktabr kuni Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining Andijon filiali bosh ofisi va Andijon viloyati FVB hamkorligida “Yong‘indan ogohlik” kampaniyasi oyligi doirasida obyekt o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotda, FVB xodimlari tomonidan obyekt yig‘ma otryadi bilan hamkorlikda shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda ishchi xodimlarni va korxonaning moddiy boyliklarini xavfsiz joyga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, yong‘inni o‘chirish kabi amaliy harakatlar bajarilib, harakatlar sinovdan o‘tkazildi.
O‘quv jarayonida barcha xodimlar fuqaro muhofazasi guruhlarining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishi, kukunli va uglekislotali o‘t o‘chirgichlardan to‘g‘ri foydalanishi, va korxonadagi talofatlarni bartaraf etishi bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlarida o‘z malakalarini yanada oshirishdi va o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan barcha savollarga Andijon viliyati FVB xodimlari tomonidan tushunchalar berildi.
Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX tarmoq muhandisi U.B.Shodmonov