9-dekabr, Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston Advokatlar uyushmasi a’zosi Zafarbek Qodirov olib bordi.
Davra suhbati davomida korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarbligi, jamiyatda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar korrupsiyaning zararli ta’siri, uni oldini olish usullari va jamiyatdagi fuqarolar rolining ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirishdi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va yosh avlodni halollik tamoyillariga o‘rgatish mavzulari muhokama qilindi.
Zafarbek Qodirov davra suhbati davomida advokatlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi o‘rni va fuqarolik jamiyatining ahamiyatini ta’kidladi. U korrupsiyaga qarshi kurashda huquqiy bilim va jamoatchilik nazoratining muhimligini qayd etdi.
Davra suhbati davomida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi g‘oyalar va takliflar bildirildi. Ishtirokchilar kelgusida bunday tadbirlarni ko‘proq o‘tkazish va keng jamoatchilikni jalb qilish zarurligini ta’kidlashdi.
Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX tarmoq muhandisi Shodmonov U.B.