EMMM yangiliklari

Andijon viloyati EMMX tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanida noqonuniy radioaloqa vositasidan foydalanish holati aniqlandi

Andijon viloyati EMMX xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga muvofiq “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), qurish (o‘rnatish), foydalanish hamda chet eldan olib kirish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish”  bo‘yicha viloyatdagi vakolatli organlar bilan  o‘zaro hamkorlikda 2026-yilda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan  radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning 26-fevral kuni Qo‘rg‘ontepa tumani hududida radiomonitoring o‘tkazildi.

    O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Qo‘rg‘ontepa tumani, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “AL-Baraka” kafesida radioaloqa vositasidan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

photo2026-03-0515-39-07.jpg

photo2026-03-0515-39-07.jpg

    Qo‘rg‘ontepa tumani IIB JXX HPB PKI kapitani tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.

 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R. Abduvaliyev

photo2026-03-0515-39-12.jpg

Faylni tanlang