EMMM yangiliklari

Andijon viloyati EMMX xodimlari tomonidan Andijon shahar hududida navbatdagi tezkor tadbir ishlari o‘tkazildi

Andijon viloyati EMMX xodimi va Andijon viloyati Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili hamkorligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga muvofiq “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” viloyatdagi vakolatli organlar bilan  o‘zaro hamkorlikda 2026-yilda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan  radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning 16-iyul kuni Andijon shahri hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Andijon shahar,  Kengash MFY hududida joylashgan savdo majmuasida “BAOFENG UV-5R” rusumli jami 17 (o‘n yetti) dona radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

photo2026-08-0416-11-25.jpg

Andijon viloyati Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili tomonidan radioelektron vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.

photo2026-08-0416-11-30.jpg photo2026-08-0416-11-35.jpg

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R.Abduvaliyev

Faylni tanlang