EMMM yangiliklari

Andijon viloyati EMMX xodimlari tomonidan Andijon shahar hududida navbatdagi tezkor tadbir ishlari o‘tkazildi

Andijon viloyati EMMX xodimi hamda Andijon viloyati IIB xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga muvofiq “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” viloyatdagi vakolatli organlar bilan  o‘zaro hamkorlikda 2026-yilda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan  radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning 27-mart kuni Andijon shahar hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

    O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Andijon shahar S.Zunnunova ko‘chasida joylashgan “AFZAL” milliy oshxonasida radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi. 

  Andijon shahar IIO FMB 3-sonli  IIB XPB PI leytenanti tomonidan radioelektron vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.

photo2026-04-0314-33-36.jpg

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.

 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R. Abduvaliyev

Faylni tanlang