EMMM yangiliklari

Andijon viloyati EMMX xodimlari tomonidan Andijon viloyati Asaka tumani hududida navbatdagi tezkor tadbir ishlari o‘tkazildi

Andijon viloyati EMMX xodimi hamda Andijon viloyati IIB xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga muvofiq “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” viloyatdagi vakolatli organlar bilan  o‘zaro hamkorlikda 2026-yilda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan  radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning 1-may kuni Andijon viloyati Asaka tumani hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

photo2026-06-1717-51-25.jpg

photo2026-06-1717-51-30.jpg

O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Asaka tumani, Yuksalish MFY, Bunyodkor ko‘chasida joylashgan  kafeda radioelektron vositalaridan ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

  Asaka tumani IIB boshqarmasi xodimi tomonidan radioelektron vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yildi va texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.

photo2026-06-1717-51-36.jpg

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.

 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R.Abduvaliyev

Faylni tanlang