"EMMM" DUK yangiliklari

Andijon viloyati EMMXda “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

2024-yil 19-fevral kuni Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida jamiyatimiz hayotida hozirgi kunda muhokama qilinuvchi va unga to‘qnash keluvchi hodisalardan biri – Korrupsiya tushunchasi haqida atroflicha tushunchalar berildi. Korrupsiya tushunchasiga qonun hujjatlarida quyidagicha ta’rif berilgan: «Korrupsiya –davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir».

Korrupsiya natijasida:

    • korrupsiyalashgan tizim tadbirkorlik subektlariga xalaqit beradi, ular rivojlana olmaydi, bu esa mamlakatning umumiy boyligining qisqarishiga olib keladi;

    • hukumat ishchilarga to‘lashi kerak bo‘lgan va kerakli materiallarni: kitoblar, dori-darmonlar, kompyuterlar va boshqalarni sotib olishga sarflashi kerak bo‘lgan pul miqdorini kamaytirishga olib keladi;

    • davlat tomonidan ijtimoiy soha  xizmatlari (maktab, shifoxona, yo‘l, kanalizatsiya va boshqalar) uchun ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanmasligiga olib keladi, bu esa xizmatlar sifatini yomonlashtiradi;

    • pul mablag‘lari va tanishlari  bo‘lgan shaxslarga qonunlar va davlat organlarining normativ hujjatlarini o‘z manfaatlaridan kelib chiqib o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun sharoit yaratadi;

    • hukumatning ishonchini pasaytiradi.

Qadimgi yunon faylasufi Аristotel shunday degan edi: “Har qanday davlat tuzumida eng muhimi - bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etish kerakki, mansabdor shaxslar qing’ir yo‘l bilan boylik orttira olmasin”.

werttegwrg1000x424.jpg

Shu bois, mansabdor shaxsga o‘zi uchun kerakli ishni bitirish maqsadida unga pora berish istagi paydo bo‘lganda, pora berish mamlakatda korrupsiyaning kuchayishiga xizmat qilishini yodda tutish kerak.

Korrupsiyani yo‘qotishda birinchi navbatda o‘zimizga quyidagi savollarni berishimiz lozim: korrupsiyani yo‘qotish uchun men nima qilishim mumkin, qanday yordam berishim mumkin? 

Ha, biz quyidagi qoidalarga amal qilmagunimizcha, korrupsiya yo‘qolmaydi:

    • pora bermaslik va olmaslik;

    • shaxsiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda kerakli natijalarga erishishga harakat qilish;

    • korrupsiya hodisalarini e’lon qilish.

 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi Atadjanov Q.H.

Faylni tanlang