EMMM yangiliklari

Andijon viloyati EMMXda navbatdagi radiomonitoring ishlari o‘tkazildi

Andijon viloyati EMMX xodimi, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Andijon viloyati hududiy shu’basi yetakchi mutaxassisi va Andijon shahar IIB hodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga muvofiq “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurulmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” viloyatdagi vakolatli organlar bilan  o‘zaro hamkorlikda 2026-yilda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan  radioelektron vositalardan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida joriy yilning iyun oyi davomida Andijon shahar hududida radiomonitoring o‘tkazildi.

photo2026-06-2316-39-20.jpg

           O‘tkazilgan monitoring tadbirlari jarayonida Andijon shahar, “Sog‘lom avlod” MFY, Mashrab ko‘chasi 1A-uyda yashovchi fuqaro A.S. Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2022-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurulmalaridan foydalanish to‘g‘risida” gi 707-sonli Qarorning texnik shartlariga mos bo‘lmagan hamda elektromagnit moslashuv normalariga va texnik talablarga muvofiqlik bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lmagan mobil signallarini kuchaytiruvchi retranslyator (repitor) qurulmasidan foydalanish holati aniqlandi.

 photo2026-06-2316-39-26.jpg

Andijon shahar IIB xodimlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha olib qo‘yilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim qilindi.

photo2026-06-2316-39-32.jpg

Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga taqdim etilgan radioelektron vositalar texnik ekspertizadan o‘tkazildi va texnik ekspertiza xulosalari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib berildi.

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX muhandisi E.R. Abduvaliyev

Faylni tanlang