2025-yilning birinchi choragida O‘zkomnazorat inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy shu’basi, Andijon shahar IIB uchastka nozirlari, tezkor vakillari va Andijon viloyati EMMX xodimlari hamkorligida “REV va YuChQlarni Andijon viloyatida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi” yuzasidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida Andijon shahar, Toshkent ko‘chasi 8-A uyda 1 dona mobil signallarini kuchaytiruvchi repitor qurilmasi o‘rnatilganligi aniqlandi.
Aniqlangan radioelektron vosita bo‘yicha tegishli ekspertiza o‘tkazilib bayonnomalar rasmiylashtirildi va REV egasiga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida O‘zkomnazorat inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy shu’basiga topshirildi.
Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX tarmoq muhandisi U.B. Shodmonov.