EMMM yangiliklari

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida o‘quv seminar tashkil etildi

Radioelektron vositalar (radiostansiyalar, sun’iy yo‘ldosh tizimlari) va yuqori chastotali qurulmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2026-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Andijon viloyati EMMX muhandislari Sh.K.Mirzaaxmedov va E.R.Abduvaliyevlar 2026-yil 30-mart kuni Andijon shahar ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan o‘quv seminar o‘tkazishdi.

photo2026-04-0617-35-23.jpg

Seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22‑dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurulmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli Qarorga o‘zgartirishlar kiritilgani bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-avgustdagi 417-sonli Qarori bilan tanishtirildi.

photo2026-04-0617-35-31.jpg

Nizom talablariga ko‘ra REV va YuChQlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha olib boriladigan hamkorlikdagi tadbirlarda ushbu hududdagi IIB jamoat xavfsizlik xizmati profilaktika inspektorlari qatnashishlari lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

photo2026-04-0617-35-35.jpg

Faylni tanlang