EMMM yangiliklari

Andijon viloyatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi

Joriy yilning 10-12 noyabr kunlari Andijon viloyati Buloqboshi tumanida FVB va FVDT tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar ishtirokida qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi oʻtkazildi. 

photo2026-11-1316-05-51.jpg

Andijon viloyati EMMX xodimlariga kuz-qish mavsumida ko‘p uchraydigan favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Xususan, uy sharoitida tayyorlangan qo‘lbola konserva mahsulotlaridan zaharlanishning oldini olish, sifati buzilgan va iste’mol uchun yaroqsiz konserva mahsulotlarini aniqlash hamda zarur ehtiyot choralarini ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

photo2026-11-1316-05-57.jpg

Shuningdek, sovuq mavsumda xonadonlarning isitish tizimlaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni muntazam profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish, mo‘ri va dudburonlarni o‘z vaqtida tozalash, yong‘in hamda is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, gaz sizib chiqishini erta aniqlashga mo‘ljallangan signalizatsiya qurilmalari va favqulodda vaziyatlarda gaz ta’minotini avtomatik ravishda to‘xtatuvchi klapanlarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

 

photo2026-11-1316-06-03.jpg

photo2026-11-1316-06-07.jpg

 

Ushbu qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqida Andijon viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, ularning oldini olish hamda bunday holatlarda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirdilar.

photo2026-11-1316-06-12.jpg

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX tarmoq muhandisi Shodmonov U.B.

Faylni tanlang