Soha yangiliklari

“Kazteleport” AK O‘zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Bugun, 25-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Kazteleport” AK rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. “Kazteleport” AK vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli raqamli islohotlarni yuqori baholab, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Xususan,“Kazteleport” AK vakillari yurtimizda data-markaz qurish va IT-kompaniyalarga investitsiya kiritish tashabbusi bilan chiqishdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalarning ishlashi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Shuningdek, afzalliklardan biri – malakali IT-xodimlarning yetarli darajada mavjudligi. O‘z navbatida, “Kazteleport” AK vakillari IT-xodimlarni tayyorlash uchun o‘z mutaxassislarini jalb etish taklifi bilan chiqishdi. “Kazteleport” AK O‘zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Faylni tanlang