Soha yangiliklari

AQSHning “Tinchlik Korpusi” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida vazirlik masʼullari va AQSHning “Tinchlik Korpusi” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda dastlab ikki tomonning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsad va vazifalar alohida ta’kidlab o‘tildi.  Ushbu tashkilot oʻnlab turli mamlakatlarga taʼlim (ingliz tilini oʻqitish), tadbirkorlik, axborot texnologiyalari, qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida davlat idoralari, universitetlar va maktablar, nodavlat tashkilotlar va tadbirkorlar bilan hamkorlik qilish uchun koʻngillilarni (volontyor) 27 oy muddatga yuboradi.  Uchrashuvda, shuningdek, hozirgi kunda vazirlik tizimida IT sohasida 3 ta oliy taʼlim muassasalari mavjudligi hamda raqamlashtirish sohasida oʻqitish, raqamli koʻnikmalarni oshirish, IT sohasida malakali kadrlar tayyorlash siyosati asosan vazirlik tomonidan olib borilishi aytib o'tildi.  Uchrashuv so‘ngida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va kelajakdagi rejalar muhokama etildi.
Faylni tanlang