"EMMM" DUK yangiliklari

“Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” mavzusida davra suhbati

Joriy yilning 17-dekabr kuni “EMMM” DUKda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida ish yuritilishini ta’minlash jarayonlarini tashkil qilish bo‘yicha yillik kalendar reja”ga asosan Namangan viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”   davlat dasturining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

photo2025-12-1915-26-08.jpg

Davra suhbatida “Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi” Namangan shahar, Yangi Namangan tumani bo‘limi boshlig‘i Saidov Mansur Rustamovich ishtirok etdi. U so‘zga chiqib, mamlakatimizning go‘zal tabiati, musaffo havosi, zilol va shifobaxsh suvlari borligini takidladi. Biroq, sanoatning rivojlanishi, energiya resurslariga talabning ortishi, tabiatga munosabatning o‘zgargani iqlim o‘zgarishlari, atrof-muhit ifloslanishi, suv taqchilligi kabi muammolarni borligini tushuntirdi.

photo2025-12-1915-25-59.jpg

Ushbu muammolarni yechimini topish uchun, “Yashil makon” umummilliy loyihasining hayotga joriy etilgani xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri bo‘lgan bo‘sh yerlarga ko‘chat ekish, bog‘-rog‘lar barpo etish an’analarini qayta tikladik. Shu orqali ona tabiatga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiramiz.

Tadbir davomida xizmatimiz xodimlari dastur mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari va ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblarni oldilar.

 

Tayyorladi:

Namangan viloyati EMMX 2-toifali muhandisi E.G‘.Mamatqulov

Faylni tanlang